Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar birinchi o‘qishda ma’qullandi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, qonun loyihasi bilan ishlayotgan erkaklarga turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa bolalarni parvarish qilish uchun bola tug‘ilganda qisqa muddatli haq to‘lanadigan ta’til joriy etiladi.
Tegishli taklif o‘tgan yilning dekabr oyida parlament quyi palatasiga kiritilgan edi. O‘shanda deputatlar bu mamlakatda gender tenglik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomiga xizmat qilishini ta’kidlagan edi.
Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlikni taqiqlovchi, shuningdek, bunday harakatlardan jabrlanganlarga qo‘shimcha ta’til berishni nazarda tutuvchi normalar kiritilmoqda.