баннер
17 Apr 2025
09:48

    Yosh qilichbozlarimiz jahon chempionatida qatnashadi

    Shu yilning 7-15-aprel kunlari Xitoyning Usi shahrida qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

    Qayd etilishicha, dunyoning eng kuchli yosh qilichbozlari jam boʻladigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etadi.

    Hozirda jahon chempionatining dastlabki kunlarida bellashadigan sportchilarimiz Usiga yetib borishgan va musobaqa oldidan soʻnggi mashgʻulotlarni olib bormoqda.

    Mamlakat qilichbozlik federatsiyasining maʼlum qilishicha, dunyo birinchiligida Gulistan Perdibayeva, Dilnaz Murzatayeva, Fernanda Errera, Islombek Abdazov, Musa Aymuratov kabi 22 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech