Tadbirni Yoshlar ishlari agentligi direktori, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Saʼdullayev kirish soʻzi bilan ochdi.
Anjumanda yurtimizdagi yosh, iqtidorli shaxmatchilarni qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga, umidli shaxmatchi yoshlarimiz Umida Omonova hamda Humoyun Bekmurodovlarga bosh homiy biriktirish yuzasidan fikr bildirildi.
BMB TRADE GROUP kompaniyasi Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulovning Oʻzbekistonda yosh shaxmatchilarga homiylik koʻrsatish va ularni doimiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi maʼruzasi ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Tadbir davomida BMB TRADE GROUP kompaniyasi bilan oʻzbek shaxmatining ertangi kuni boʻlgan iqtidorli yosh sportchilarga homiylik koʻrsatish va ularni doimiy qoʻllab-quvvatlash borasida kelushuvga erishildi.
Anjuman yakunida OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.