Qayd etilishicha, Yevropa va Osiyoning 11 davlatidan 129 nafar iqtidorli yosh shaxmatchilar ishtirok etgan turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari rapid va blis yoʻnalishlarida 4 ta oltin va 3 ta kumush medalga sazovor boʻldi.
Oʻtkazilgan oʻyinlar sarhisobiga koʻra, Turkmaniston terma jamoasi 1-oʻrinni, Qozogʻiston vakillari 3-oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindorlarga Turkmaniston Milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamgʻarmasi sovgʻalari tantanali topshirildi.









