Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida J.A.ning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs uning hamkasbi – Taxtako‘pir tumanida yashovchi poliklinika shifokori (1991 yil tug‘ilgan) Y.N. ekani aniqlangan.

"U onlayn tavakkalchilikka asoslangan "1xbet" o‘yinlariga berilib ketgani sababli hamkasbining keksaligidan foydalanib, uning bank kartasi boshqaruvini o‘zining telefonidagi mobil ilovasiga o‘tkazib olish orqali pullarni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Y.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.