Yosh siyosatchilar bellashuvi

    Ushbu koʻrik-tanlovda partiyaning faol yoshlari ishtirok etib, oʻzlarining intellektual salohiyat, iqtidori, bilimini namoyish etyapti.

    Oʻzbekiston XDPning «Yosh siyosatchi» koʻrik-tanlovi Xorazm viloyatida ham isteʼdodlilarni saralamoqda. Ushbu koʻrik-tanlovda partiyaning faol yoshlari ishtirok etib, oʻzlarining intellektual salohiyat, iqtidori, bilimini namoyish etyapti.

    Urganch, Yangiariq hamda Hazorasp tumanlari kengashlari tomonidan oʻtkazilgan tanlovlarda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligi oshib borayotgani, siyosiy jarayonlarda tobora faolroq qatnashishni istayotganligi yaqqol koʻrinib turdi.

    Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilarning partiya gʻoyalarini aholi oʻrtasida targʻib qilishdagi fikr-mulohazalari ham tinglandi.

    Gʻolib va sovrindorlar diplomlar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.