Yosh tadbirkorlarga 130 mln soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi

    Dolzarb 13 Sentabr 2025 963

    “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi” tomonidan “Koʻmak” loyihasi amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi Yoshlar ishlar agentligi Axborot xizmati.

    Loyiha xorijiy tillar boʻyicha C1 darajadagi milliy yoki unga teng xalqaro sertifikatga ega, ayniqsa chekka hududlarda chet tillarga ixtisoslashgan oʻquv markazi ochish niyatidagi yoshlarga moʻljallangan.

    Ushbu imtiyozdan foydalangan yoshlarga 3-yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million soʻmgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi.

    Ariza topshirish uchun soʻrovnomani toʻldiring.