Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv oʻtkazildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 31-yanvar kuni taxminan soat 10.00 larda voyaga yetmagan 2004-yilda tugʻilgan S.O., Shayxontohur tumani Xadra m.f.y. hududidagi yoʻlning qatnov qismidagi bordyur ustida ovqatlanganligi videotasvirga olingan. Voyaga yetmagan S.O. ushbu xatti-harakatlari bilan oʻzini va atrofdagi shaxslarning hayotini xavf ostiga qoʻyib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan S.O. bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi, uning onasiga esa Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga (“Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Toshkent shahar IIBB ota-onalarni farzandlaridan doimo xabardor boʻlishni, birgina “layk” ortidan quvish insonni oʻlimi bilan yakun topishi mumkinligi bilan ogohlantirdi.