баннер
26 Apr 2025
02:11

    Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatida gʻalabaga erishdi

    Xokkey boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan Oʻzbekiston U-18 termasi navbatdagi turda gʻalabaga erishdi.

    Qayd etilishicha, Bangkokdagi “International Ice Hockey Arena” majmuasida III divizionning "B" guruhida kurash olib borayotgan yoshlarimiz Turkmaniston terma jamoasini 8:2 hisobida magʻlub etdi.

    Terma jamoamizga gʻalaba keltirgan oʻyinda turkmanistonliklar darvozasiga yoʻllangan shaybalarga Rustamxonov(3), Kamolov, Popov, Ravshanov, Dadaxoʻjayev, Azimov mualliflik qildi.

    Ortda qolgan 3 ta uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgan yosh xokkeychilarimiz “B” guruhda 9 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Hamyurtimiz Jasurbek Rustamxonov shaybalar uzatmasi va urilgan gollar (9+7) hisobiga koʻra, chempionatning toʻpurari boʻlib turibdi.

    4-mart kuni Oʻzbekiston U-18 termasi navbatdagi oʻyinda Bosniya va Gersegovina jamoasi bilan roʻbaroʻ keladi.

    Eslatib oʻtamiz, jahon chempionati bahslari 6-martga qadar davom etadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech