Musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan hamyurtlarimiz dastlabki oʻyinni eronlik yoshlarga qarshi oʻtkazib, raqibni yirik 19:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
"Humo arena" majmuasi mezbonlik qilgan bahsdan oldin tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, jamoamiz musobaqada "A" guruhidan oʻrin olgan boʻlib, unda Erondan tashqari Tailand, Malayziya va Quvayt jamoalari ham bor.