Qonun (OʻRQ-1066-son, 19.05.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yoshga toʻlgan fuqarolarga ularning murojaatisiz (proaktiv shaklda) pensiya tayinlanishini hamda fuqarolarning shunday tartibda tayinlangan pensiyani rad etish huquqini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, fukaroning yoshga doir pensiyaga boʻlgan huquqi belgilangan axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarga asosan aniqlanadi.
Agar fuqaro uning murojaatisiz (proaktiv shaklda) tayinlangan pensiya miqdoridan norozi boʻlsa yoki mehnat faoliyatini davom ettirish va keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirsa, u tayinlangan yoshga doir pensiyani rad etish huquqiga ega.
Bunda fuqaro xabarnomani olgan kundan eʼtiboran 10 kun ichida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ariza bilan yoxud davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali soʻrovnoma toʻldirgan holda murojaat qilishi kerak.
Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va soʻrovnoma 10 kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
yensiyani fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlash toʻgʻrisidagi masala fuqaro pensiya yoshiga toʻlgan kunning oʻzida koʻrib chiqiladi.