Yoshlar agentligiga yana bir masʼuliyat yuklandi

    Ilgari oliy taʼlimda 1 ta oʻrin uchun kamida 10 nafar yigit-qiz kurash olib borar edi. Qisqa davrda oliygohlar soni 3 barobar oshirildi. Tizimda qamrov 42 foizga yetdi.

    Xotin-qizlarga kontrakti davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga talaba qizlar soni 11 karra koʻpaydi.

    «Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni oʻqitsak, butun oilani oʻqitgan boʻlamiz. Oila bilimli, maʼrifatli boʻlsa, butun jamiyat bilimli, maʼrifatli boʻladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz», — dedi Prezident.

    Oʻtgan 25-yil ichida davlat hisobidan 800 nafar yoshlar xorijga oʻqishga yuborilgan boʻlsa, birgina “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali soʻnggi 7-yilda 3 barobar koʻp oʻgʻil-qizlarimiz bunday imkoniyatga ega boʻldi.

    Endi, Yoshlar agentligi xorijda oʻqiyotgan har bir talabaga bosh-qosh boʻlib, ehtiyojlarini aniqlashi, Vatanga qaytib, oʻz oʻrnini topishi, muvaffaqiyatli karyera qilishi kabi masalalarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan teng masʼul boʻlishi belgilandi.