Ushbu tizim asosida eng birinchi o'rinda yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurib, “Yoshlar balansi”ni to'liq shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda mahallalarda uyushmagan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
9 348 ta mahallada “Yoshlar balansi” shakllantirildi
Yetakchilar birinchi bosqichda ta'lim va mehnat bilan qamrab olinmagan ya'ni uyushmagan, 16-30 yosh oralig'idagi 7 407 162 nafar yoshlar xatlovdan o'tkazishdi va 5 muhim toifa: bandlik, ta'lim, oilaviy, ijtimoiy va salomatlik holatlari asosida “Yoshlar balansi” shakllantirildi.
Har bir hududda alohida yuritiladigan ushbu balans yoshlarning ta'lim, bandlik, oilaviy, ijtimoiy va salomatlik holati bo'yicha ma'lumotlarni shakllantirish, mahallalardagi infratuzilma va ob'yektlar mavjudligi yuzasidan ma'lumotlarni umumlashtirish orqali shakllanadi.
Xatlov jarayonlarining shaffofligini saqlab qolish, samaradorlikni oshirish uchun ham “Yoshlarbalansi.uz” elektron platformasi yaratilib, to'liq raqamlashtirildi. 18 ta vazirlik va 43 ta idoraning axborot resurslariga ushbu platformani integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Kim nima bilan band?
Rasmiy va norasmiy sektorda bandlar – 3 833 551 nafar;
Ta'lim bilan bandlar – 1 633 384 nafar,
Vaqtincha ishsiz yoshlar – 397 281 nafar,
Mehnatga layoqatsizlar – 81 115 nafar,
Vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug'ullanish imkoniyati yo'qlar (uy bekasi, bola parvarishida, abiturient) – 1 204 596 nafarni tashkil etadi;
Ta'lim ma'lumoti bo'yicha: 1 784 509 nafar – o'rta, 3 401 334 nafar – o'rta maxsus, 530 731 nafar – oliy ma'lumotlilarni tashkil etadi;
Oilaviy holati bo'yicha: oilali – 4 144 902 nafar, turmush qurmaganlar – 3 187 055 nafar, ajrashganlar – 43 509 nafar, beva ayol va erkaklar – 31 696 nafardan iborat;
Ijtimoiy holati bo'yicha: ijtimoiy himoyaga muhtojlar – 808 340 nafar, alohida nazoratda turuvchilar – 92 020 nafardan iborat;
Salomatligi holati bo'yicha: sog'lom yoshlar – 7 128 475 nafar, kasalligi bo'yicha nazoratda turuvchilar – 229 516 nafarni tashkil etadi.
Balansni yuritish to'liq raqamlashtirilgach ishga tushirilgan elektron platforma davlat organlari axborot tizimlarining 19 turdagi ma'lumotlar bazasi bilan integratsiya qilindi. Natijada elektron platformaga kiritilgan yoshlar to'g'risidagi ma'lumotlarni inson omilisiz, doimiy yangilab borish imkoniyati yaratildi.
Yangicha mexanizm
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish davomida yetakchilar aniqlangan ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlardan 134 ming 110 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilib, 42 ming 363 nafariga Yoshlar daftari jamg'armalari hisobidan 65,4 mlrd. so'm mablag' ajratildi.
Moddiy tomondan qo'llab-quvvatlandi
3 808 nafar talabalarga kontrakt to'lovlari, 1 065 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervi badal pullari to'lab berildi, 2 244 nafar yoshlar kasb-hunarga o'qitilib, subsidiya ajratish orqali mehnat qurollari bilan ta'minlandi.
Qizil, sariq, yashil…
“Yoshlar balansi” asosida mahallalarning yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko'rsatkichlari baholanib, 9 348 ta mahallaning 2 364 tasi (25,3 %) “qizil”, 5 513 tasi (59 %) “sariq” va 1 471 tasi (15,7 %) “yashil” toifalarga ajratildi.
Muhammadbobur Manasov,
Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar bandligini ta'minlash va tadbirkorligini rivojlantirish boshqarmasi
bosh mutaxassisi