"Yosh siyosatchilar maktabini” yoshlarning siyosiy bilimlarini mustahkamlaydi

    OʻzXDP Sirdaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb yetish, ularning muhim tashabbus va takliflarini olish, yoshlarning siyosiy koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida bir guruh yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

    Tadbirda shuningdek, birinchi marotaba saylov jaryonlarida ishtirok yetadigan yoshlarni yelektoral saylov madaniyatini shakillantirish va siyosiy jarayonlarga jalb qilish maqsadida “Yosh siyosatchilar maktabini” tashkil yetish borasida soʻz yuritildi.

    Uchrashuvda OʻzXDP Sirdaryo viloyati kengashi rais oʻrinbosari A.Sandiyev, OʻzXDP Sirdaryo viloyati kengashi yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi mudiri D.Yelmurodov , OʻzXDP Sirdaryo viloyati kengashi tuman-shahar raislari hamda OʻzXDP Sirdaryo viloyati kengashi “Yoshlar qanoti” kordinatorlari ishtirok yetishdi. Unda bu yilgi saylovlar birinchi marta yangicha, proporsional va majoritar tizimda oʻtishi, majoritar saylovda saylovchi shaxsga ovoz bersa, proporsional saylovda u oʻzi maʼqul deb topgan siyosiy partiyaga, yaʼni gʻoyaga ovoz berishi xaqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

    Shuningdek birinchi marotaba saylov jaryonlarida ishtirok yetadigon yoshlarni yelektoral saylov madaniyatini shakillantirish va siyosiy jarayonlarga jalb qilish maqsadida “Yosh siyosatchilar maktabini” tashkil yetish yuzasidan amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar hamda bolajak saylovlarda “Yoshlar qanoti” tuman-shahar kordinatorlarining saylov jarayonlarida faol ishtirok yetishliklari va saylov jarayonlarida qandey vazifalarni bajarishliklari xususida atroflicha tushuntirishlar berildi. Uchrashuv soʻngida yoshlar tomonidan saylov jarayonlarida partiyaning dastur va loyihalarini takomillashtirishda, yangi tashabbuslarni ilgari surishda, ijtimoiy masalalarga yangicha yechimlar topish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.