"Yoshlar daftari"dagi so'xlik talabalarning 50 % shartnoma to'lovi davlat hisobidan to'lab berildi

    So'xlik jurnalist Jahongir Sobirovning xabariga kӯra, yurtimizdagi turli oliy taʼlim muassasalarida to'liq shartnoma asosida taʼlim olayotgan so'xlik yoshlarning soni yaqin 90 nafarni tashkil etadi. Ulardan "Yoshlar daftariga" kiritilgan qirq nafarining 50% shartnoma to'lov mablagʼlari tuman hokimligi taklifi bilan Yoshlar agentligi tomonidan to'lab berildi. 

    Madaniyat markazida bo'lib o'tgan tadbirda 40 nafar oliy taʼlim muassasalarida kontrakt asosida tahsil olayotgan so'xlik yoshlarga shartnoma to'lovlarini to'laganligini tasdiqlovchi sertifikat tantanali tarzda ota-onalar ishtirokida topshirildi.

    Tadbirda viloyat hokimi oʼrinbosari J.Hotamov, Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Аgentligi Fargʼona viloyati boshqarmasi rahbari M.Gʼaniyev, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan soʼxlik talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.