Prezident qarori qaror bilan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida mahallalardagi Yoshlar yetakchilari uchun oʻquv-seminarlarni tashkil etish belgilandi.

Joriy yilning 25-28-yanvar kunlari masofaviy tartibda tashkil etilgan oʻquv-seminarda 9 mingdan ortiq Yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Oʻquv davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish maqsadida ishtirokchilar metodik jihatdan taʼminlandi, tashkiliy-huquqiy bilimlari oshirildi, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish koʻnikmasi shakllantirildi.

Shuningdek, Davlat xizmatchilari malakasini oshirish platformasi — ilm.argos.uz portalida yoshlar yetakchilari uchun alohida boʻlim ochildi va ular roʻyxatdan oʻtdi. Endilikda yosh davlat xizmatchilari uchun tizimli ravishda oʻquvlar tashkil etilib, videodarslar joylashtirib boriladi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.