Yoshlar ishlari agentligiga yangi vakolatlar beriladi

    Mamlakatimizda 27 Sentabr 2022 1251

    Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda.

    Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida maʼlum qilindi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga volontyorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilmoqda.

    Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasida volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organini belgilashga, bu orqali davlat organlari va boshqa tashkilotlarga volontyorlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha uslubiy va maslahat yordamini koʻrsatishga olib keladi.

    Agentlikka volontyorlik faoliyati sohasida bir qator vakolatlar berilmoqda. Jumladan:

    - volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;

    - volontyorlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;

    - volontyorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritadi;

    - volontyorlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

    Deputatlar agentlikka yangi vakolatlar berish toʻgʻrisidagi qonunni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilgan.