Yoshlar mahorat darslarida o'z qo'llari bilan ko'za yasashdi

    Muzeylar haftaligi doirasida O'zbekiston Amaliy san'at muzeyida farg'onalik usta hunarmand G'anijon eliboevning kulolchilik bo'yicha mahorat darslari tashkil etildi.

    Darslarda ishtirok etgan yoshlar va ko'plab qiziquvchan yurtdoshlarimiz muzey tomonidan tashkil etilgan mahorat darslarida nafaqat loyni jonlantirish, kulolchilik asarlari yaralishiga guvoh bo'ldilar, balki unutilmas taassurotlar oldilar.

    – Kulolchilikka qiziqadigan yoshlarimiz bunchalik ko'p deya o'ylamagan edim, – deydi usta kulol. – Ularning ko'zlaridagi hayrat va kulol dastgohiga yaqinlashganidagi hayajonni ko'rib jdo'ua xursand bo'ldim. Qo'limdan kelganicha kulolchilikning sir-asrorlaridan bahramand qilishga harakat qildim.

    Eslatib o'tamiz, Muzeylar haftaligi doirasida yog'och o'ymakorligi bo'yicha mahorat darslari 6 sentyabr kuni soat 21.00 ga qadar o'tkaziladi.