Yoshlar masalasiga befarq rahbarlar lavozimidan ozod etildi

    Hukumat 13 Aprel 2021 3919

    Prezident raisligida yoshlar masalalariga bagʻishlab oʻtkazilayotgan yigʻilishda yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun bir ayrim rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

    Jumladan, Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev, Ulugʻnor tumani hokimi Mahsudov, yoshlar jinoyatchiligining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrmagani uchun Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun Xoʻjayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari lavozimidan ozod etildi.

    Prezident “ularning birontasiga ham ish berilmasin” dedi. Bu ham yetmaganidek, ular oʻz lavozimida ishlab turgan vaqtida olgan barcha oylik summasini davlatga topshirib, keyin ketadi.