Yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati Samarqandda oʻtkaziladi

    Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2021-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq, joriy yilning 19-20-mart kunlari koʻhna Samarqand shahrida sambo boʻyicha 2001-2002-yillarda tugʻilgan yoshlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi.

    Mazkur chempionat Samarqand viloyati Sport yakkakurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston chempionatiga respublikamizning turli hududlaridan 400 nafarga yaqin yosh sambochi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishi kutilmoqda.

    Bellashuvlar yigitlar oʻrtasida 7 ta, qizlar oʻrtasida 7 ta vaznda tashkil etiladi. Ushbu musobaqani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad yosh iqtidorli sportchilarni sinovdan oʻtkazib, yangi nomlarni tanlab olish va ularni terma jamoa safiga qoʻshishdan iborat.