Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi YOshlar parlamenti va oliy ta'lim muassasasi hamkorligida tadbir o'tkazildi. Unda universitet rektori Alisher Umarov, YOshlar parlamenti raisi Jamshid Boboev, TDPU professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir ochiq suhbat shaklida tashkil etilib, universitet rektori Alisher Umarov yosh pedagoglarga har tomonlama qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish bo'yicha takliflar kiritdi.

Jamshid Boboev esa YOshlar parlamentining maqsad va vazifalari, unga a'zo bo'lish tartibi, shuningdek, so'nggi to'rt oyda mazkur parlamentga beshdan ortiq murojaat kelib tushgani xususida so'z yuritdi.

Muloqotda ZOOM platformasi orqali uzoq hududlardagi talabalar ham ishtirok etib, YOshlar parlamenti faoliyati yuzasidan o'zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Ta'kidlash joiz, kelgusida YOshlar parlamenti va TDPU hamkorligida ko'plab qo'shma loyihalarni ishlab chiqish ko'zda tutilgan.