Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash uchun bir necha yangilik joriy qilinmoqda

    Hukumat 13 Aprel 2021 3707

    Bu haqida Prezident raisligida yoshlar masalalariga bagʻishlab oʻtkazilayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

    -agar korxona va kompaniyalar yoshlarni ishga qabul qilsa, korxonalarga ushbu xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi.

    -“yoshlar daftari”ga kirgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot oʻtaganda, ularga 500 ming soʻmgacha subsidiya ajratiladi.

    -Birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazlari bitiruvchilari 6 oygacha daromad soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.

    -“Yoshlar daftari”ga kirgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi uchun 50 foizgacha imtiyoz beriladi.

    -xodimlari sonining kamida 70 foizi “yoshlar daftari”ga kirgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz beriladi va ulardan 5 yil davomida ijara haqi undirilmaydi.

    -yoshlarga tadbirkorlik faoliyatiga kerakli asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 10 million soʻmgacha subsidiyalar beriladi.

    -ijaraga bino olib biznesini boshlayotgan yoshlarga, bir yillik ijara summasining 30 foizigacha qismi qoplab beriladi.

    -“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuterlar xaridi uchun “Mikrokreditbank”, “Aloqabank” va “Xalq banki” imtiyozli kreditlar ajratadi.

    -“yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni oʻtash xarajatlari byudjetdan toʻlab beriladi.

    -“yoshlar daftari”ga kirganlarga, qiziqishidan kelib chiqib, xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatining bir qismi qoplanadi.

    -1-iyuldan boshlab xususiy korxonalarda yangi ish boshlagan xodimlarni qayta tayyorlash xarajatining 1 million soʻmgacha boʻlgan qismiga subsidiya beriladi.

    -yoshlarning professional taʼlim maktablari, texnikumlarda oʻqishi uchun toʻlanadigan kontrakt summasi daromad soligʻidan ozod qilinadi.