Innovatsion rivojlanish agentligiga:
- tegishli hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimiga qaratilgan yangi turdagi mahsulot va texnologik yechimlarning prototiplarini yaratish uchun alohida startap loyihalar tanlovini eʼlon qilish;
- qoida tariqasida, har yili oktyabr oyida Orolboʻyi mintaqasida ekologik muammolar yechimiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan konferensiya oʻtkazish vazifasi yuklatildi.
Agentlik tomonidan Nukus yoshlar texnoparki va hududlarda tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparklaridagi muvaffaqiyatli startap loyihalar mualliflarini robototexnika, mexatronika, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, qurilish va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari boʻyicha qisqa muddatli xorijiy stajirovkaga yuborish boʻyicha tanlov tashkil etiladi.
Shuningdek, hududlarda yoshlar texnoparklarini tashkil etish muddatlari qayta koʻrib chiqildi: Buxoro, Namangan, Fargʻona, Xorazm, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida texnoparklar 2024-yilda barpo etiladi.
Endilikda doktoranturaga hujjatlarni YAIDXP orqali xam topshirish mumkin (ilgari - faqat Innovatsiya vazirligining Yagona tizimi orqali).