Futbol boʻyicha mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi (U-18) Vengriyaning Chakvar shahrida shu yurt termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.

Uchrashuvning uchinchi daqiqasida mezbonlar oʻyinchisi Gegeliy Kotsis hisobni ochdi. 32 daqiqada Nurlan Ibragimov bahsdagi muvozanatni tenglashtirdi. Oradan toʻrt daqiqa oʻtib futbolchilarimiz oldinga chiqib oldi. Golga Ravshan Xayrullayev mualliflik qildi. Birinchi boʻlim tugashiga bir daqiqa qolganda Milan Klauz hisobni 2:2 koʻrinishiga olib keldi.

Shunday qilib Rauf Inileyev shogirdlari Yevropadagi mamlakat jamoasi bilan durang qayd etdi.