Yoshlarimiz ishlash uchun Rossiyaga uchib ketdi

    Ijtimoiy hayot 31 Iyul 2020 1097

    Bugun 144 nafar yurtdoshlarimiz Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketdi.

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarining mavjud ish oʻrinlarini saqlab qolish, vaqtincha ishsiz qolgan yurtdoshlarimizni ular boʻlib turgan mamlakatlarning pandemiyadan nisbatan kamroq zarar koʻrgan boshqa soha va hududlariga ishga jalb qilish maqsadida Rossiyalik ish beruvchilar va masʼul tashkilotlar bilan kelishgan holda bugun 144 nafar yurtdoshlarimizni Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun joʻnatilishiga erishdi.

    Shuningdek, iyun oyida 33 nafar yurtdoshlarimiz yirik qurilish obyektlarida ishlash uchun Qozogʻiston Respublikasining Sharqiy Qozogʻiston viloyatiga tashkillashtirilgan holda joʻnab ketgan edi.

    Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.