“Dilbarxon qizim, sen oʻz misolingda inson chin dildan harakat qilsa, koʻp narsaga erisha olishini isbotlading, bu yoʻlda koʻpchilik uchun namuna boʻlding. Buning uchun katta rahmat senga! Rahmat seni katta qilgan ota-onangga!”, — dedi davlatimiz rahbari.
Yoshlarni aktyorlik, musiqa, kitobxonlikka qiziqishini oshirish uchun “Turon” teatri, “Iqtidor ansambli”, “Jadidlar izidan” kabi tanlovlar oʻtkazilib, ularda 400 mingga yaqin oʻquvchi ishtirok etdi.
Endi tanlovlarda gʻolib boʻlgan jamoalar chekka hududlardagi maktablarga muntazam borib, oʻz chiqishlari bilan tengdoshlarini madaniyat va sanʼatga qiziqtiradi. Buning uchun viloyat hokimlari bittadan avtobus olib beradi.
Respublika tanlovi gʻoliblariga madaniyat va sanʼat oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi.
“Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari bolalar va musiqa sanʼat maktablarida bepul oʻqitiladi.