Eng quvonarlisi, Yurtboshimiz tomonidan o‘zbek tilida maruza qilinishi Davlat tiliga e’tibor va e’tirofni bir namunasidir. 

Ishonch bilan ayta olamanki, kechagi kun ham xalqimiz va barcha yoshlarimiz uchun esda qolarli kunlardan biri bo‘ldi.

Negaki, Davlatimiz rahbarining Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh Assambleyasining 78-Sessiyasida Bosh minbardan turib yana bir bor o‘zbek tilida Butun jahonga qarata so‘zlagan nutqlarini tingladik.
Hurmatli Prezidentimizning Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh minbaridan turib, bugungi kunda juda ham dolzarb bo‘lgan masalalarni ta’kidlab o‘tganlari dunyo hamjamiyatini, barcha xalqimiz kabi yoshlarni ham hayratlantirdi.

Xususan, Prezidentimiz tomonidan juda katta g‘oyalar, tashabbuslar, asosan, umuminsoniy qadryatlar, umuminsoniy muammolar ilgari surildi. Jahon miqyosida suv muammosini oldini olish,  iqlim va uning keskin o‘zgarib borishi, Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohitlar sanab o’tildi. 

Majburiy mehnatni bekor qilinishi,ekologik tahdidlarni oldini olish, iqtiodiyotimizni yanada barqarlashtirish, xotin-qizlarning  jamiyatdagi o‘rni, ta’lim sohasini yanada ustuvorli masalalariga alohida to’xtalib o’tildi. 

Eng quvonarlisi, Markaziy Osiyo yoshlarini yanada rivojlantirtish kabi masalalarni ilgari surganliklari bizlarni yanada ruhlantirdi.

Prezidentimizning Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh minbaridan turib butun dunyoga qarata – “Inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash – O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalardan biridir” deb ta’kidlaganlari;

“Birlashgan millatlar tashkiloti huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish taklifini bildirganlari hamda uning doirasida “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi - 2030”” dasturini ishlab chiqishni ilgari surganlari men o‘ylayman yurtimizdagi yoshlarni va albatta, Markaziy Osiyodagi barcha yoshlarni oldidagi katta-katta maqsadlarini yuksaltirdi.
Ahamiyatli tomoni shundaki Muhtaram Prezidentimiz faqatgina yurtimiz yoshlari uchungina emas, balki dunyodagi barcha yoshlarni, xususan Markaziy Osiyo yoshlari uchun jon kuydirayotganidan dalolatdir.

Yurtboshimiz tomonidan yana bir muhim masalaga e’tibor qaratganlarini esga olmoqchiman: - “Biz Ekstremizm balosi tarqalishiga, yoshlarning radikallashuviga yo‘l qo‘ymasligimiz uchun birgalikdagi harakatlarni kuchaytirishimiz zarur” deya barcha Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo davlatlarni birdamlikga, birlashishga chaqirdilar.

Ushbu yo‘nalishlar borasida bir qator takliflarni xususan:

-Jahon miqyosida dinlararo bag‘rikenglik va hamjihatlik g‘oyalarni keng targ‘ib etish maqsadida Yurtimisda “YUNESKO shafeligida Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik xalqaro markazi”ni tashkil etishni;
-Buyuk bobolarimiz, olimlarimizning boy merosini o‘rganish, islomning asl insonparvarlik kohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 2024-yil Vatanimizda “Islom – tichlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusini ilgari surdilar.

Davlatimiz rahbari tomonidan har bir ilgari surilgan takliflar, tashabbuslar misoli o‘laroq, bugungi kunga qadar qator ko‘plab xalqaro loyihalar, forumlar tashkil etildi.

O‘zbekiston 2018 yilda ShHT Yoshlar kengashiga, 2020 yilda MDHga a’zo mamlakatlarning Yoshlar ishlari bo‘yicha Kengashiga, 2021 yilda Osiyoda o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha Kengashining Yoshlar bo‘yicha Kengashiga teng huquqli a’zosi sifatida qabul qilindi.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan “Markaziy Osiyo yoshlar forumi, ShHTga a’zo mamlakatlari Yoshlar Kengashining 15-yig‘ilishi, ShHT mamlakatlari yoshlari o‘rtasida eng yaxshi startap loyihasi” tanlovi, Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi o‘tkazilib, Buxoro shahri birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti, 2022 yil turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

Bu eng avvalosi yurtimizda yoshlar siyosatiga hamda barcha yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan darakdir.

 
Mumtozbek Meliqo‘ziyev,
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Yoshlar siyosatini muvofiqlashtirish departamenti xodimi.