Oʻquv kursi davomida yosh oilalar uchun birlamchi zarur maʼlumotlarni egallagan yoshlarga sertifikatlar topshiriladi.

Psixolog Doniyor Egamberganov fikricha, yosh oila quruvchilarni markazda oʻqitish yaqin kelajakda katta samara berishi, shubhasiz. Tumanda har yili ikki mingdan ortiq nikoh qayd etilmoqda. Ajrashish holatlari kam boʻlsa-da kuzatilmoqda.

Bu salbiy holat yoshlarning oila yuritishda yetarlicha bilimga ega emasliklari, arzimas qiyinchiliklar oldida tajribasizlik qilib qolishlari oqibatida kelib chiqadi. Markazga biriktirilgan tajribali psixolog va imom-xatiblar yoshlarga hayotiy misollar asosida oila qurish borasida bilim va saboq berayotganliklari tumanda bu kabi holatlar keskin kamayishiga olib keladi.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri