“YOshlik” suv sporti markazi ishga tushdi

    Sport 12 Sentabr 2020 2687

    Farg'ona shahar markazidagi “YOshlik” suv sporti markazi ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.

    U endilikda yoshlarning eng sevimli maskanlaridan biriga aylanadi.

    — Farg'onada bir necha yopiq suv havzalari bo'lib, ularda 3 mingdan ziyod yoshlar suv sportining 6 turi bo'yicha shug'ullanmoqdalar, — deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Murodjon Dadaboev. — Baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turini rivojlantirish maqsadida “YOshlik”suv sporti markazida sportchilarning o'quv yig'in mashg'ulotlarini olib borishlariga va kelajakda Osiyo, jahon va olimpiyada musobaqalarida yuqori natijalarga erishishlariga zamin yaratildi. Bu inshoot viloyat hokimligining juda katta yordami tufayli qayta tiklandi. endi bu erda yosh baydarka va kanoechilar yil davomida shug'ullana oladilar.

    Suv havzasi yonidagi suv sporti mahorat maktabining ikki qavatli binosi, uning hududidagi 2 ta basseyn ham ta'mirdan chiqarildi. Birinchi kundanoq har ikki suv havzasida yosh sportchilar qizg'in mashq jarayonini boshlab yuborishdi.

    Farg'ona viloyati hokimligi

    Axborot xizmati