Yoshlikda olingan bilim – toshga oʻyilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani — Prezident

    Siyosat 30 Iyun 2025 453

    Davlatimiz rahbari oʻz sohasida ilgʻor, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va gʻoyalarini tingladi.

    Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh oʻgʻil-qizlarimiz mukofotlangan edi.

    Bugungi tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.

    Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:

    “Yoshlikda olingan bilim – toshga oʻyilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam boʻlsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham boʻladi.

    Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan doʻst bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.

    Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sogʻlom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorugʻ boʻladi.

    Men butun Oʻzbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi boʻlishini tilayman!

    Ishonchim komil, biz koʻp millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulugʻ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi Oʻzbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!”.