Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro 2019-2022-yillarda Rossiyada mehnat migranti boʻlib ishlagan davrida internet orqali terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy, Mahmud Abdulmoʻmin va boshqalarning “hijrat” va “jihod” qilishga, islomiy davlat qurishga chorlovchi maʼruzalari taʼsiriga tushib qoladi.

Soʻngra u “Instagram”da aqidaparastlik materiallarni tarqata boshlaydi.

Shuningdek, u “Telegram”da ham “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti vakillari bilan aloqa oʻrnatib, tashkilot gʻoyalari singdirilgan va amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga xizmat qiluvchi materiallarni targʻib qilish bilan shugʻullanadi.

“Youtube”da orqali ham “Hizb ut-Tahrir”ning targʻibotchisi bilan bogʻlanib, uning faoliyatini faollashtirish uchun bank ilovasi orqali pul mablagʻi yuboradi.

Oʻzbekistonga qaytib kelganidan keyin ham u gʻayriqonuniy harakatlarini davom ettiradi.