“YouTube” tarixi uning ishga tushishidan bir oy oldin boshlangan. Chad va Stiv tungi ziyofatlardan biriga kelolmagan Djavedga hazil tariqasida qanday qiziq kechani qoʻldan boy berganligi haqida video xabar yubormoqchi boʻlishadi, ammo Chad videoni doʻstiga yuborishda katta muammoga duch keladi. Shunda u dunyoda birorta sayt bunday katta hajmdagi videolarni yuborish imkoniyatiga ega emasligini tushunib yetadi.
“YouTube” dastlab 2005-yil 14-fevral kunida tanishuv sayti sifatida ishga tushdi. U oʻsha paytlar eng mashhur boʻlgan tanishuv sayti “Facebook”dan farqli tomoni unda foydalanuvchilar oʻzlarining videolarini yuklashlari va uni baholashi mumkin edi.
Ammo saytga bir oy oʻtib ham birorta video yuklanmadi va loyiha asoschilari barchasini qaytadan boshlab “Facebook”ga oʻxshash tomonlarini butunlay olib tashlashga qaror qilishadi.
Djaved Karim 2005-yil 23-aprel kuni hayvonot bogʻida tushgan 19 soniyalik videosini saytga qoʻyishga qaror qildi va ushbu videorolik ilk qisqa soniyalik videolar davrini va saytning yangi yoʻnalishini belgilab beradi.
Internet foydalanuvchilarga muloqot qilish va tanishish oʻrniga platformaga videolarni yuklashni boshlashdi va dastlabki bir oy atrofida foydalanuvchilar soni 100 mingdan oshdi.