YouTubedagi birinchi video 20 yoshga to'ldi

    Kecha YouTubedagi birinchi «Me at the Zoo» (“Men hayvonot bog'ida”) deb nomlangan video 20 yoshga to'ldi, mazkur video 2005-yil 23-aprelda e'lon qilingan.

    Video YouTube asoschisilaridan biri Javed Karim tomonidan yuklangan. 19 soniyalik videoda Karim hayvonlar fonida kameraga qarab gapirganini ko'rish mumkin.

    “Me at the Zoo” hozirda 355 milliondan ortiq ko'rish, 17 million “layk” va 10,4 millionga yaqin sharhlarga ega. Videoning yubileyi YouTubening o'zini ham chetlab o'tmadi – videoga tug'ilgan kun torti tushirilgan slayder qo'shildi.

    Qolaversa, ikkinchi video ham xuddi shu kuni YouTubega yuklangan. Shunday qilib, “My Snowboarding Skillz” ("Mening snovborddagi mahoratim") videosi ham o'zining 20 yilligini nishonlamoqda, unda snoubordchi pandusdan chang'i maydonchasiga sakragani ko'rsatilgan bo'lib, rolik shu joyda to'xtaydi, deb xabar beradi news.rambler.ru.