Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Milliy gvardiya, IIB xodimlari hamkorligida  o'tkazilgan reyd tadbiri davomida 2 nafar  fuqaro  Olot tumanidagi O'rta cho'l massividan  ov yo'llanmasida ko'rsatilganidan ortiqcha noqonuniy ravishda yovvoyi o'rdaklarni ovlagani  aniqlandi. Bu haqida Buxoro viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga tayanib, Davlat ekologiya qo'mitasi yozdi.

Holat yuzasida fuqarolarga O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qonunbuzarlarga 2 million 700 ming so'm jarima belgilandi va tabiatga yetkazilgan zarar  540 000 ming so'm hisoblandi.