Avvalo, antibakterial preparatlar, surtma va gellar, gormonal dorilar, vitaminlar, plastir va tibbiy shamchalarni issiqdan himoya qilishimiz lozim. 

Kremlar, surtma, shamchalar issiqlikda erigach, dorivor moddalarning ichki tarkibida qayta taqsimlanish sodir boʻladi va hatto keyingi qayta sovutish ham ularni saqlay olmaydi. Baʼzi hollarda lokal dozani oshirib yuborishga olib kelishi ham mumkin.

Bundan tashqari dori, avtomashinalardagi birinchi yordam toʻplamlarini ham esdan chiqarmaslik kerak:  ularni issiqda ham, sovuqda ham mashinada qoldirib boʻlmaydi.

Hamma dori vositasini sovitkichda saqlash notoʻgʻri!

Xona harorati deganda odatda 15°-25° gradus shuningdek, iqlim sharoitiga qarab 30°S gacha boʻlgan harorat darajasi nazarda tutiladi. Bunday paytda dori vositalarini tibbiyot qutichasida jamlab shkafda saqlashingiz maqsadga muvofiq.

8°dan 15° gradusgacha boʻlgan salqin haroratda ayrim dori vositalarini sovitkichda saqlashga ruxsat beriladi.

Bunda 8°S past haroratda fizik-kimyoviy xususiyatlari oʻzgarishi mumkin boʻlgan dori vositalari (damlamalar, suyuq ekstraktlar va boshqalar)ni sovutgichda saqlash mumkin emas.

Dori vositalarini sovuq joyda saqlash deganda sovitkichda, 2°C dan 8°S gacha boʻlgan haroratda saqlash tushuniladi.

Bunda dori-darmonlarni sovutgichning devoriga yaqin joyda joylashtirib, ularning muzlab qolishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Odatda shamchalar (svecha), turli koʻz tomchilar, linimentlar, inyeksiya eritmalari, ferment tabletkalari shu tarzda saqlanadi.

Sovitkichning bir tokchasida dori vositalari va oziq-ovqatlar yonma-yon turishi qatʼiyan maʼn etiladi.

Dori-darmonlarni saqlashda yorugʻlik va namlikdan himoya qilish kabi talablarga ham eʼtibor berish kerak. Agar koʻrsatmada “qorongʻu joyda saqlang” deb aytilgan boʻlsa, unda siz dori qadogʻini yorugʻlikdan toʻliq himoya qilishingiz kerak.

Quruq joyda havo namligi 50% dan oshmasligi kerak.