Luqmon Boʻrixon 1965-yil 15-fevralda Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanidagi Yangiobod qishlogʻida tugʻilgan.
ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1991).
Dastlabki hikoyasi — “Begimqul katta” (1987). Shundan soʻng yozuvchining “Yalangoyoq” (1991), “Sirli muallim” (2006), “Xizr koʻrgan yigit” (2007) cingari hikoya va qissalar toʻplamlari nashr etilgan. U, shuningdek, “Jaziramadagi odamlar” (2005) romani muallifidir.
“Yangi Oʻzbekiston” — “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati jamoasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.