Bu haqda O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Nosir va adabiyotshunos Mahkam Mahmudov 1940 yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tug'ilgan. 1947-1957 yillarda Andijon shahridagi Muqimiy nomli maktabda ta'lim olgach, 1957-1962 yillarda Toshkent Davlat universitetida o'qigan.
Mahkam Mahmudov dastlab shoir sifatida qalam tebratgan. Keyinchalik u nasrga ham o'tib, tarixiy mavzular va fantastik janrda ijod qilgan.
Agar uning "Bibixonim"," SHohlar malikasi", "Movarounnahr yulduzi", "Sulton Mahmud G'aznaviy", "Boysung'ur ibn SHohruh", "Imom Zayniddin G'azzoliy" kabi qissa, hikoya va badialari tarixiy mavzularda yaratilgan bo'lsa, "Men - men emasman"," Teskari ko'zlar sayyorasi", "Sirli qasr"," Mangu kuy izlab" singari asarlarida esa u fantastik janrga qo'l urdi.
Mahkam Mahmudov adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilgan. Uning "Talant va ijod falsafasi" (1976), "Abadiyat lahzalari" (1981), "Hayrat va tafakkur" (1992) kabi asarlari adabiy va ilmiy jamoatchilik e'tiboriga tushgan.