Yоzuvchi Muhabbat Yo'ldoshevaning farzandlari Gulnoz Tojiboyeva va Xurshid Tojiboyev ham bolalar yozuvchisi ekanliklaridan xabar topgan “Avtograf” jurnalining bosh muharriri Larisa Deminskaya jurnal o'quvchilarini yangi yil bilan tabriklab, o'z asarlaridan namunalar berishlarini so'radi. Bu taklif adibaga ham, uning farzandlariga ham juda ma'qul bo'ldi.

Jurnalning yangi yilga bag'ishlangan sonida mushtariylar O'zbekistonda yashovchi yozuvchilar oilasi a'zolarining bayram tabriklaridan tashqari, Muhabbat Yo'ldoshevaning hikoyalari va qissasi, Gulnoz Tojiboevaning romani, Xurshid Tojiboevning ertaklari bilan tanishish imkoniga ega bo'ladilar.

 O'zbekiston Yоzuvchilar uyushmasi Axborot xizmati