Yozyovon tumanida Yoshlar bog'i ochildi

    Bog' 500 million so'm mablag' sarflanib, qisqa fursatda hashar yo'li bilan bunyod etildi.

    Farg'ona viloyati Yozyovon tumani Xonobod MFYda Yoshlar bog'ining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. So'lim bog' tuman hokimligi tashabbusi bilan 500 million so'm mablag' sarflanib, qisqa fursatda hashar yo'li bilan bunyod etildi.

    Ochilish marosimi 31 nafar kichkintoylarning sunnat to'ylariga ulanib ketdi. To'ybolalarga shirinlar, o'yinchoqlar sovg'a qilindi.

    Salkam bir gektar maydonda bunyod etilgan mazkur bog'ning ochilishida ko'pchilikning ko'pchilikning hissasi bor. endi bu joy shu xalqning o'zi xordiq chiqarib, yaxshi tadbirlarni o'tkazadigan ko'ngilochar maskanga aylanadi.