Jumladan, bugunga qadar Fargʻona viloyatining Oltiariq, Rishton, Bagʻdod, Fargʻona, Qoʻshtepa tumanlarida hamda Fargʻona shahrida, mahalliy hokimliklar koʻmagida, isteʼmolchilar uchun maʼmuriy binolar qurib bitkazilib, ishga tushirildi.
Yaqinda Yozyovon tumani markazida ham tuman hokimligining amaliy koʻmagida “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksi qurib bitkazilib ishga tushirilmoqda. Unda aholining isteʼmol madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etiladigan “Isteʼmolchi kutubxonasi” bilan bir qatorda, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning “mahallabay” tizimini joriy etishga qaratilgan “Huquqiy maslahat” markazi faoliyati ham qoʻyiladi.
Mazkur binoning tantanali ochilish marosimi oʻtkazilib, unda federatsiya markaziy apparati, viloyatlar hududiy birlashmalari rahbar va masʼul xodimlari, mahalliy hokimlik hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ochilish marosimida soʻz olgan tuman hokimi Dilshodjon Jalilov hamda federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov hududda faoliyat boshlayotgan “Isteʼmolchilar uyi” tuman aholisi (isteʼmolchilari)ning huquqiy bilimini va isteʼmol madaniyati oshirishi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishiga tilak bildirdi, deyiladi federatsiya axborot xizmati xabarida.