Ijodiy jamoa ancha yillardan buyon ijarada turib, mehnat qilib kelayotgan edi. Joriy yilning fevral oyida ish boshlagan tuman hokimi Dilshodjon Jalilov tahririyat uchun zamonaviy bino qurishda tashabbuskor boʻldi. Qisqa fursat ichida qurilish ishlari bajarilib, koʻrkam inshoot qad rostladi. Bugun mazkur yangi binoning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Unda viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, faxriy jurnalistlar va mehmonlar ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻz olganlar bu kabi eʼtibor matbuotning maʼnaviy kuch sifatida yana-da rivojiga xizmat qilishini taʼkidlashdi.

Shu kuni tuman hokimligining axborot xizmati uchun yangi “Spark” avtomashinasi ham topshirildi.

Yangi qad rostlagan binoda axborot xizmati va “Markaziy Fargʻona” gazetasi xodimlarining faoliyat olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kompyuter jamlanmalari, mebel va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Bu yerda turli brifinglar, matbuot anjumanlari oʻtkazish mumkin.

Xususan, yangi binodagi ilk matbuot anjumanida tuman hokimi Dilshodjon Jalilov hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflich