450 ta asalari oilasi parvarishlanishi hisobiga yiliga 2 tonna asal olinadi. Yigʻilgan asallarga haridorlar ham naqd. Xonadon egasi asaldan daromad olish bilan birga ari oilasini ham koʻpaytirib sotadi. Ari oilalari respublikamiz boʻylab, shuningdek, Rossiya, Qozogʻiston davlatlariga ham joʻnatiladi.
– Barcha ishni qilishda chin dildan, koʻngildan chiqarib, qilish kerak, – deydi Isroil Ahmedov suhbat chogʻi. – Shundagina yaxshi natijaga erishiladi. Asalarilarga mehr berib qaraganimiz uchun ham Alloh daromadimizga baraka beryapti.
Isroil Ahmedov hovlisida boʻlar ekansiz, asalarilar haqida berayotgan maʼlumotlarini eshitib, uning asalarichilikning asl mutaxassisligiga guvoh boʻlishingiz tabiiy.