Xabarda aytilishicha, shu yilning 7-iyul kuni soat 12:55larda, Namangan shahar, I.Karimov koʻchasidagi Namangan shahar, 5a-kichik noxiyasida xizmat olib borayotgan xodim “Lasetti” rusumli, avtomashinani toʻxtatib tekshirgan.

Avtomashinani orqa yon oynalari tusi ruxsatnomasiz oʻzgartirilgani maʼlum boʻlgan. Haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinasini jarima maydoniga olib kirib qoʻyilgan. Fuqaro sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan tuzilgan maʼmuriy bayonnomani yengilrogʻiga oʻzgartirib, avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 50 AQSH dollari berishni taklif qilgan.

Shu kuni IIV OʻXB Namangan viloyati boʻyicha boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, avtomashina haydovchisi Namangan viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼmuriy binosining orqa qismida inspektorga 50 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.