YPX xodimlari saf ko'rigidan o'tkazildi

    Voqea-hodisalar 29 Iyun 2020 2696

    Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas'ullari tomonidan barcha YPXO YPX inspektorlari bilan saf ko'rigi bo'lib o'tdi.

    Xodimlarning ozodaligi, epidemiologik sharoitda himoya vositalaridan doimiy foydalanishlari, xizmat avtomashinalarining texnik holati va tozaligi, xizmatni o'tash vaqtida va undan tashqari hollarda IIO xodimi degan nomga loyiq harakat qilishlari, fuqarolar bilan xushmuomala va samimiy bo'lishlari tushuntirildi.

    Bundan tashqari xodimlarning sohaga oid bilimlarini oshirish maqsadida muntazam ravishda o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish belgilab olindi.