Qaror loyihasida keltirilishicha, YPX xodimining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirmaslik belgilanadi.

Shuningdek, loyihada Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish taklif etilgan. Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandining oltinchi xatboshisi quyidagicha toʻldiriladi: “YPX xodimining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirmaslik”.

Qaror loyihasi muhokamasi 29-mart kunigacha davom etadi.