M-5 avtomobil yoʻlining 503 km.da harakatlangan “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili va “Volvo” rusumli yuk avtomobili toʻqnashishi oqibatida “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili ichida boʻlgan jami 9 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan 7 nafari voqea joyida halok boʻlgan, 2 nafar yoʻlovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar koʻrsatilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan YTH oqibatida xalok boʻlgan va jabrlanganlarni Vatanimizga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus bort bugun, 12-yanvar kuni soat 11:20 da Rossiya Federatsiyasiga uchib ketdi.