YTH oqibatida yo'lovchi tan jarohati oldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanida 9-May kuni "epika" "matiz"ga urilib ag'darilib ketgani haqida xabar tarqalgan edi.

    Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan ma'lumot berdi:

    Joriy yilning 9 may kuni soat 21:30larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ko'kcha Darboza ko'chasida joylashgan "Evos" binosi ro'parasida, haydovchi, 1994 yilda tug'ilgan O.R. boshqaruvidagi "epica" rusumli hamda haydovchi, 1997 yilda tug'ilgan B.P. boshqaruvida bo'lgan "matiz" rusumli avtomobillar ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan.

    Natijada, "epica" rusumli avtomobil salonida bo'lgan yo'lovchi, 1970 yilda tug'ilgan M.K. tan jarohati olganligi sababli shifoxonaga yotqizilgan.

    Ushbu YTH yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Barcha haydovchilardan yo'llarda qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so'raymiz, deya ogohlantiradi Yo'l harakati xavfsizligi xizmati.