Rossiya Markaziy banki, AQSHning Moskvaga nisbatan sanksiyalari kengayishi ortidan Xitoyning yuani Rossiyada dollar va yevro oʻrnini bosuvchi asosiy xorijiy valyutasiga aylanishini maʼlum qildi.
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, yuan ikki yildan buyon Rossiya fond birjasida sotiladigan asosiy valyuta boʻlib, ulushi 54 foizga yetgan. Bu esa rasmiy rubl kursini hisoblashda ishlatiladigan maʼlumotlar bazasida bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, bu yil Xitoy yuani Rossiyada eng koʻp sotiladigan valyuta sifatida AQSH dollari oʻrnini egalladi.