Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.A. Rossiya davlatidan yogʻoch mahsulotini olib kelib bergan yuk avtomashinasi haydovchilari U.D. va S.N.ga xizmat haqi uchun 14 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.