Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 8,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan yuk avtomobillarini eksport qilingan.
Yuk avtomobillari eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 million AQSH dollariga kamaygan.
Oʻzbekiston yuk avtomobillarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Singapur – 4,6 million;
Qozogʻiston – 1,7 million;
Qirgʻiz R. – 863,6 ming;
Afgʻoniston – 751,8 ming;
Ozarbayjon – 172,1 ming;
Tojikiston – 135,5 ming AQSH dollari.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan 168 810 ta yuk avtomobillari mavjud.